Jahon
October 3, 2020
Parvin Shokir (1952-1994)
Shoira Parvin Shokir (پروین شاکر) AQShning Garvard universitetida tahsil olgan. Faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan, so‘ng davlat idoralarida xizmat qilgan. Urdu tilida ijod qilgan shoira jahonda Pokiston she’riyatining yorqin vakillaridan biri sifatida taniqli. Asosan verlibr va g‘azal janrida she’rlar yozgan. 1994 yil 26 dekabrda Islomobod shahrida avtohalokat tufayli fojiali halok bo‘lgan.
TASKIN
Orqamdan
Sevgi shahrining
Eshiklarin bekitganimda
Kalit soldim men
Har bir darchadan
Nefritli ko‘ziga unut dengizning
Bu kichik hadiksirab qaragan hislar
Tinchlantirguvchi
Turmaning taqiq devori chegarasida
Kichik muyulishda
Eski paxsadevorli shaharda
Bir kichik tuynuk bor,
Mening ismim uchun ochiladigan.
Go‘zal Begim tarjimasi