Jahon
September 8, 2020

Abu Ali al-Muhassin at-Tanuhiy (940-944; Iroq)

Abu Ali al-Muhassin at-Tanuhiy 10-asrda yashab, ijod etgan arab adibi. U 940 yilda Basra shahrida tug‘ilgan. Fiqh ilmidan puxta ma’lumot olib, o‘tmishda yashagan xalifalar, vazirlar, amirlar, olimlar, faqihlar, shoirlar haqida eshitgan rivoyat va hikoyatlarni to‘plab borgan.
At-Tanuhiy o‘rta asrlar arab adabiyotida avvalo bir necha mo‘tabar tazkira (antologiya)si bilan o‘chmas iz qoldirdi. Ulardan eng muhimi “Maroqli hikoyatlar”dir. Asarning asl nomi “Nishvar al-muhozara va axbor al-muzokara”, (“Suhbatdoshlar tilidan yozib olingan maroqli hikoyatlar”)dir. Majmua turli davralarda, suhbatlarda hamkasblari, do‘stlari, qarindoshlari, tanish-bilishlaridan eshitgan turfa rivoyat, hikoyat, latifa, tarixiy voqea-hodisalar asosida yaratilgan lavhalardan iborat.
At-Tanuhiyning o‘n bir jilddan iborat ushbu asarining atigi bir necha jildigina saqlanib qolgan. Bularning tanqidiy matni Parij, Istanbul, Damashq va boshqa joylardagi qo‘lyozma nusxalar asosida 1971—1973 yillarda Bayrut shahrida Abbud ash-Shaljiy tomonidan chop etilgan.

"Yosh kitobxon" kitoblari