Jahon
October 4, 2020

Van Tin-yun (1151-1202)

Van Tin-yun — 王庭筠, Van Szы-duan 王子端, taxallusi Xuanxuashan-chju 黃華山主 (Sariq gullar tog‘i egasi). 1151/1156, Xedun (Yuntszi, Shansi provintsiyasi), — 1202, Yantszin (Pekin). Davlat arbobi, adabiyotshunos, xattot, rassom.

* * *

Sochlarimni turmaklab olib,
qaramasdan o‘ngu so‘limga,
minoraga chiqaman shitob,
ko‘z tashlay deb daryo yo‘liga.
Unda suzar ko‘plab qayiqlar,
bittasidan darak yo‘q faqat…
Quyoshning tik nurlari so‘nar
to‘lqinlarga berolmay toqat,
qumloq sohil cho‘kib boradi
tunning zulmas to‘la qo‘yniga.

* * *

Oy bo‘zardi. Yulduzlar tarqoq.
Bong yangradi parda ortida,
Tong xabarin kuylar zarg‘aldoq.

Orxideya shabnamga cho‘mdi.
Tol shoxlarin yelga tutdi-yu,
Bog‘ sahnini popuklar ko‘mdi.

Avvalgidek yolg‘iz, parishon
Yo‘l qarayman ayvonda turib,
Dilda alam cheksizdir hamon.

Qayg‘u ortar — bahor ham tindi,
O‘tgan shodlik go‘yo tush endi…

Ruschadan Gulnoz Mo‘minova tarjimasi

"Yosh kitobxon" kitoblari