Jahon
October 4, 2020

Shen Yue

BALIQ OVI

Gul ortilgan qayiqda
guldek jonon ikkovlon,
Olisga suzib ketdik,
daryo to‘lqini – ilon…
Nilufar ildiziga
qarmoq ilinib qoldi,
Yovvoyi o‘rdaklarni
biz cho‘chitib yubordik.
Ohista qosh qoraydi,
quchdi meni jonona –
Ikkov murodga yetdik
baliq ovi bahona.

Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.

"Yosh kitobxon" kitoblari