Qul Mahmat (XVI asr)
Qul Mahmat (Kul Mehmet) XVI asrda yashab, ijod qilgan turk xalq shoiri bo‘lib, u Usmonlilar davlatining amaldorlaridan bo‘lgan Uvays Poshshoning o‘g‘lidir. Uning asl ismi Mahmat Poshshodir.
KIYMA, JONIM, KIYMA SEN ShU QARONI…
San-da manim kabi g‘amlar chekarsan?
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.
Hasrat-hasrat yo‘llarina boqarsan,
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.
Tag‘in g‘amu dard ichinda ketarsan,
Gulistonda bulbul kabi yotarsan,
Yoringdan ayrilib fig‘on etarsan? –
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.
Sani-da quchmasdan dardim to‘lishar,
San bir g‘uncha gulsan, yaprog‘ing yashil,
Qarolar yerida ollar yarashar,
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.
Ko‘k yuzinda go‘zal mohni sevarsan,
Er yuzinda qiblagohni sevarsan,
Alvon kiyin, bir Allohni sevarsan,
Kiyma, jonim, kiyma san shu qaroni.
Xurshid Davron turkchadan o‘zbekchaga tabdil etgan.