Jahon
October 4, 2020
Lyu Chjen
“Amakivachchamga bag‘ishlayman” turkumidan
* * *
Qarag‘ay tebranar
Qoyada yolg‘iz.
Dalada shamollar
esar shitob, tez.
Naqadar
Qahrli uvullar dovul,
Sindirmoqchi bo‘lar
Qarag‘ayni ul!
Qish kelar –
beshafqat qirov ham, muz ham,
Qarag‘ay bariga chidaydi bardam.
U pisand qilmaydi ayozni nechun?
Qarag‘ay, sarv
kuchli bo‘lgani uchun!
Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.