Jahon
October 4, 2020

Se Lin’yun

UMRNING UFQI

Yuragimda qayg‘u
uyqum kelmaydi.
Uyqu ham quvolmas
g‘amimni hargiz!
Oyning yog‘dusida
qor yaltiraydi,
Sovuq shamol esar
yovvoyi, yovuz.
Vaqt juda tez o‘tar –
kutmaydi, aslo,
Umrimning ufqiga
botaman asta…

Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.

"Yosh kitobxon" kitoblari