Jahon
October 1, 2020

Esmira Serova (1983)

Esmira Serova (Esmira Serova) 1983 yilda tug‘ilgan. Ozarbayjon Tillar dorilfununining tarjima fakulteti magistranti. Rus tiliga ingliz (U.X.Oden, D.Uolkot, Sh.Xini, J.S.Baka) va ispan (R.Xuarros, G.A.Bekker, E.Buetaventura, E.Beyli) tillarida ijod qiluvchi shoirlar she’rlarini tarjima qilgan.

* * *

Qonun qilib ol musiqani,
Boshqa shiorlarni olma tan.
Faqat mundshtuk o‘psin labingni,
Bo‘shamasin qo‘ling torlardan.

Gar toliqsa qo‘ling tor chertib,
Jonim, qalbing muzga aylanar —
So‘ngra seni bo‘lmas isitib.
Tog‘day yig‘i turar bo‘g‘zimda,
Seni hayot bormoqda boshlab.
Zahira yo‘l bormi o‘zingda —
Men tomonga o‘zingni tashla.

* * *

Ochganingda kitob varaqlarini
Xotiralar jonlanar qayta.
Ko‘z o‘ngingda gulxan, ot tuyoqlari —
Bir zumgina tushar raqsga.
Kimdir Senga o‘ta boshlar dars,
Qog‘oz, harflarni anglaysan.
Xuddi tushda kabi borar bahs,
Tovushingdan orqaga qaytsam.
Faqat sening horg‘in qarashing,
Tiklar uning qiyofasini.

YO‘LSIZLIKDA

Yurish mumkin o‘ngga, so‘lga ham,
Faqat bo‘lmas orqaga qaytib.
Yurak qo‘rqar oldga yurmoqdan —
Hamma tomon yo‘lsizlik payti.
Hatto ko‘kdan so‘rama madad
Seni mazax qilmasin do‘st, yor!
Xo‘rsingin-u, may ich. Toabad —
Yo‘lsizlikdan yuragingga bor.

Ruschadan Xosiyat Rustamova tarjimasi.

"Yosh kitobxon" kitoblari