Jahon
October 3, 2020

Ali Sardor Ja’fariy (1913-2000)

Ja’fariy Ali Sardor (علی سردار جعفری 1913.29.2, Balrampur, Ganda okrugi – 2000.1.8, Bombey) — hind yozuvchisi, jamoat arbobi. Urdu tilida ijod qiladi. Dehlidagi universitetni tamomlagan. «Hind xalq teatrlari Assotsiatsiyasi»ning asoschilaridan biri.
«Yangi dunyoga salom!» (1947), «Olamning quyoshi» (1950), «Osiyo uyg‘ondi» (1950), «Yana bitta orzu» (1965), «Qon da’vati» (1978) kabi she’riy to‘plamlar va dostonlar muallifi.
«Bu kimning qoni?» (1943) pesasi fashizmga qarshi ruhda yozilgan. Urdu adabiyoti uchun yangilik bo‘lgan «oq she’r» va boshqa uslubiy yo‘nalishlarda samarali ijod qilgan.
«Taraqqiyparvar adabiyot» (1951) nomli kitobida hind adabiyoti tarixini ilg‘or ijtimoiy-estetik nuqtai nazardan tahlil etgan. Mirzo G‘olib, Mir Toqi Mir kabi urdu adabiyotining yirik namoyandalari asarlarini to‘plab, nashr ettirgan.

BU QADAR MUHABBAT-LA BOQMAGIL MENGA

Bu qadar muhabbat-la boqmagil menga,
Kipriklaringning namchil soyasida
Jazirama oftob ham oydinga o‘xshaydi.
Men esa juda uzoqlarga ketmog‘im kerak.
Qum qaynoq, oyoqdagi pufaklar
Xuddi laxcha cho‘g‘lardek jaz-jaz qiladi
Muhabbatli bu nigoh xoh bo‘lsin, xoh bo‘lmasin,
Kim vafo dashtida yonardi?!
Qalbing bundan boxabardir yoki yo‘q,
Jonim,
Bu qadar muhabbat-la boqmagil menga.

Hindiychadan Amir Fayzulla tarjimasi

"Yosh kitobxon" kitoblari