November 8, 2018
Barmoqli momaqaymoq
Kerakli narsalar:
- 1 varoq qog'oz
- akvarel kraska yoki guash
- banka qopqog'i
Ishga kirishamiz:
1. Toza varoqqa dumaloq shakl chizib olamiz- momaqaymoqni atrofini chegaralab beramiz. Yashil bo'yoq bilan tanasini chizib beramiz( kichik yoshdagi bolalar uchun)
2. Bankani qopqog'iga kraskani oq rangini ozroq suv bilan eritib solamiz. Kraskali massa suyulib ketmasligi kerak. Quyuqroq bo'lsa chiroyli chiqadi.
3. Bolajonga barmoqchasini kraskaga botirib momaqaymoqni ichiga tekizishi va chetlaridan chiqarib yubormasligi kerak.