Farzandlar bilan aloqani mustahkamlash dasturi
Farzandingiz bilan har kuni 20 daqiqa do'stona suhbat (maktabi, o'qishi haqida gapirmay va pand nasihatsiz).
Har kuni 5-10 marta ota-ona o'z farzandlariga mehr-muhabbat hislarini izhor qilishi.
Har kuni 5 marta farzandning yaxshi axloqi, chiroyli amaliga maqtov aytish.
Har kuni farzandning o'zini tutishi va ko'rinishiga maqtov aytish (tabassumi, chiroyli, sog'lom qadam tashlashi…)
Haftada bir marta farzand bilan uydan tashqaridagi mashg'ulotni birga bajarish (piyoda yurish, sport bilan shug'ullanish, avtoulovda sayr qilish…), besh daqiqa bo'lsa ham.
Hayot asoslarini bolada paydo qilish uchun uyqudan oldin har kuni “falon yaxshi ishni bajarganingda o'zimni juda baxtiyor his qildim”, “ukangga qaraganing juda katta ish”, “falonchi kelishuvimizga amal qilganing men uchun faxr” kabilar orqali o'z rizoligingizni bildirib turing.
Haftada bir yoki ikki marta oilaviy maslahat va suhbat uchun kechki taomni oila davrasida tanavvul qilish.
Har kuni 1-3 daqiqa bolaga to'liq quloq solish, quyidagi holatda: xoli, tinch joyda farzandga xohlagan gapini, chegara va qaydlarsiz gapirishiga ruxsat berib, quloq tutish.
Tasarruflar bilan farzandga bo'lgan muhabbatni izhor qilish: boshning orqa tarafini silash – mehribonlik va shafqatni ifodalaydi, boshiga qo'lni qo'yish – faxrlanishni ifoda qiladi, qo'lni peshonasiga qo'yish – tinchlantiradi, qo'lini tutish – ota-bola o'rtasidagi aloqani kuchaytiradi, agar asabiy bo'lsa, ko'ksini silash bilan tinchlantiring… Quchoqlash, Nabiy sollallohu alayhi vasallam farzand tarbiyasida bizga o'rnak zotlar. U zot Fotima roziyallohu anhoni masjidda yoki sahobalar huzurida peshonalari, qo'llaridan o'par va bag'irlariga bosar edilar.
Shu dasturga amal qilib, farzandingizga o'z mehringizni izhor qilish, uning naqadar ulug' ne'mat ekanini his qildirish orqali o'rtangizda kuchli bir aloqa vujudga kelsinki, u sizning huzuringizda chiroyli xulq egasi, itoatli, kattalarga hurmat va kichiklarga izzatli va ota-onasini rozi qiladigan haqiqiy muslim va muslima bo'lib ulg'aysin, axloqini ruhan va jisman buzuvchi omillardan uzoqlashib, ularga duch kelganda o'zini to'g'ri tuta oladigan inson bo'lib etishsin.
Foziljon Abdulqayyum tarjimasi