April 9, 2019

Bolaning ruhiy rivojlanishi bosqichlari

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ruhiy rivojlanishi shartli ravishda bir necha davrlarga bo’linadi. Shu davrlarning har birida bola ma’lum ko’nikma va malakalarni o’rganib boradi, bunda  bola va ota-onaning o’zaro harakatlari muhim o’rin tutadi.

Maktabgacha rivojlanishning asosiy bosqichlari, bolaning yoshiga asoslangan holatda davrlarga bo’linadi.

Maktabgacha bo’lgan tarbiya quyidagi bosqichlarga bo’linadi;

1.Go’daklik davri (tug’ilgandan bir yoshgacha)

Boshlang’ich davrda bola to’liq o’z ehtiyojlarini qondirish jarayonida ota-onasiga muhtoj bo’ladi. Bu davrda bola atrof muhit bilan tanishadi va hamma sezgi organlari, katta  va kichik motorika rivojlanadi. Shuning uchun, ota-ona nafaqat bolaning xavfsizligi va sharoitinining yaxshilash bilan, balki  uning  atrofida har tomonlama rivojlanishida omil bo’lib hisoblanadigan yorqin va turli xil predmetlar o’rab turishini ta’minlashi kerak.

2.O’rta bolalik  davri  (1 yoshdan 3 yoshgacha)

Bolada olam bilan tanishishga qiziqish ortib boradi, bunda endi motorika ko’nikmalari belgilangan rivojlanish bosiqichiga yetgan. Ota-ona bu davrda bola uchun predmetlardan foydalanishda taqlid orqali o`rganadigan asosiy manbaga aylanadi. Erta bolalik davri bola nutqining rivojlanishining faol davri hisoblanadi. Bunda kattalar bolani predmetlar bilan munosabatinigina emas balki, uning nutqini to’g’ri va ravon rivojlanishida o’z hissalarini qo’shishlari kerak. Kattalar bola bilan bola tilida emas balki so’zlarni buzmasdan to’liq tafakkur qilishga o’rgatishlari kerak, shuning uchun to`g`ri talaffuz qilishga harakat qiling.

3. Maktabgacha kichik yosh davri  (3 yoshdan 5 yoshgacha)

Bu davr bolaning nutqi yanada ravonlashishi, uning lug’atida yangi so’zlar ko’payishi, bolaning murakkab sintaktik tuzilishlardan foydalanishi orqali xarakterlanadi. Bolaning to`g`ri  talaffuziga e’tibor qilish muhim.  Bolaning o’yin jarayoni ham murakkablashib boradi, bolaning abstract fikrlashi rivojlanishi tufayli, haqiqiy predmetning xususiyatlari va vazifalarini tushuntirish, hamda uni o`rnini bosuvchi narsalarga ya'ni o'yinchoqlarga almashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

4. Maktabgacha katta yosh davri (6-7 yosh)

Kichik yosh davridagi orttirilgan malakalari asosida, bolada shaxsiy tanlov va  tadqiqot aloqalarini tuzishga yordam beradigan ma’lum bilim va dunyoqarash zaxirasi hosil bo’ladi. Bolada majburiyat hissi, o’zini erkin tutish ko’nikmalari paydo bo’ladi. Bu davrda ota-ona bolani faqatgina maktabga (o’qish, yozish,sanashga) tayyorlamay, balki jamiyatdagi bolaning ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam berishi kerak. "Maktabga faqatgina kognitiv tayyorgarlik emas, balki ijtimoiy va psixologik jihatdan tayyorgarlik muhimroq" - deya ta'kidlaydi bolalar psixologi D.Karpachov.

Bola tarbiyasida kattalarning o’rni, ahamiyati

Bolaning ruhiy to’g’ri rivojlanishi ota-onasi bilan muloqoti asosida shakllanadi. Ota-ona bolaning go’daklik davridan boshlab, ko’proq muloqotda bo’lishi, bolani har tomonlama mukammal inson bo’lib voyaga yetishiga hamma imkoniyatlarni ishga solishi kerak. Ammo bolaning maktabgacha rivojlanishida to’la ota-ona  ko’magida bo’lishi shart degani emas. Bolangizni o’zi ba’zi bir vazifalarini bajarishda o’zida faollikni namoyon qilishi kerak. Bola o’zi bajara olmayotgan vazifasini, ota-ona bajarib berishi kerak emas, balki uni bajarishga ozroq yordam, turtki berishlari kerak. Ota-ona bolaning savollariga to’liq va erinmay javob berishlari, atrof olam haqidagi tasavvurlarni to’g’ri shakllanishida yordam berishlari kerak.