Murakkab vaziyatlardan chiqish uchun maslahatlar
1. Sabrli va vazmin bo’ling. Sabr va vazminlik uchun kuch topa oling. Asabni jilovlay olmayotganingizni kichkina bola qayerdan bilsin? Sabr, sabr, va yana sabr!” deng o’zingizga . So’ng eng qimmatbaxo boyligingizni farzandingizga taqdim eting. “mehr, mehr va yana mehr!” deng yana o’zingizga o’zingiz. Chuqur nafas olib, nafas chiqaring. Tinchlaning. Endi vaziyatni yechimi haqida fikrlashamiz.
2. Atrofdagilarni gap-so’zlariga e’tibor bermang. “Yerga kirib ketishga rozi edim” deb uyalmang. Uyalmang, ayblamang, nafratlanmang va sabr bilan vaziyatni yeching! Shu ondan farzandingizga nisbatan paydo bo’lgan nafratni mehrga aylantiring. Siz begonalarning ta’siri yoki kimningdir ko’rsatmasi bilan farzand tarbiyalash fikridan qayting. Axir u Sizning farzandingiz!
3. Dilbandingizning kelajagi sizning qo’lingizda. O’zingizni uning o’rniga qo’yib ko’ring. Nimanidir noto’g’ri qilayotganini bilganingizda ham, tushuningki, u qiynalyapti. O’g’ilchangiz yoki qizchangiz qiynalyotganida yordam qo’lini cho’zing, uni tushuning. Hayotingizda nima bo’lgan taqdirda ham muammoli vaziyatlarga munosabat to’rt xildir:
O’zgartirish. O’zgartirishni bilmasang, unga o’rgan.
Qabul qilish. Agar o’zgartirishni bilmasang borliqni boricha qabul qil.
Nolish, shikoyat qilish. Rivojlanmaslikning passiv va agrassiv turi. Eng kuchli insonlarga o’zgartirish va qabul qilish kabi munosabat xosdir.Aziz do’stim, har safar jahlingiz chiqqanida bolangiz hali juda kuchsiz ekanligini, hali siz bosib o’tgan yo’llarni bosib o’tmaganini tasavvur qiling va vaziyatni yumshoqlik bilan hal eting.
Jahl qilish. Vaziyat yoqmayotgani va uni o’zgartirish borasidagi kuchsizlikning belgisi jahldorlikdir. Hayotingiz sizga yoqmagani uchun alamingizni murg’ak bolaga ko’rsatib, jahl qilishingiz bilan hayotingiz go’zal bo’lib qolmaydi. Vazmin holda vaziyatni boshqarishni o’rganing, chunki siz farzandingizdan ancha kuchlisiz va hayotda bolalik davrini o’zingiz ham bosib o’tgansiz.
"BOLA TARBIYASIDA PSIXOLOG MASLAHATI" kitobidan olindi.