Shpritsdan plastilinli san’at asari
Sizga kerak bo'ladi:
• plastilin
• albom varog’i
• shprits (igna olingan holda)
• idishda issiq suv
Ishga kirishamiz:
Demak, plastilindan arqonchalar qilishimiz kerak bo’ladi.. Buning uchun shpritsni chiqarib oling (porshenni silindrdan chiqarib tashlang). Plastilin bo’lakchasidan "kolbasa" qiling va uni shpritsning silindriga soling, porshenni joyiga qo'ying va bir oz pastga bosing. Turli xil rangdagi plastilin bilan ham xuddi shunday qiling. Endi plastilin to’ldirilgan shpritsni issiq suv to’ldirilgan idishga (gorizontal holatda) solib qo’ying va 2-3 daqiqa ushlang (yumshoq bo'lishi uchun). Keyin shpritslarni suvdan olamiz, porshenni bosib, arqonchalarni chiqaramiz.
Endi bola ushbu arqonchalar yordamida hohlagan rasmini ustiga taxlab chiqishi mumkin(chizilgan chiziq bo’ylab) yoki o’zi fantaziyasi bilan yaratishi mumkin.