Bolani ovqatlantirishga doir 10ta maslahat.
1. Agar bolangiz aynan qaysidur mahsulotni yemasa( lekin siz yeysiz) vaqti-vaqti bilan uni taklif qilishda davom eting. Dasturxoningizga foydali mahsulotlarni qo'ying.
2. Bo'sh kelmang va qayta-qayta taklif qiling. "Hammasini yeyishing shart emas, shunchaki ta'tib ko'r" - degan iborani eslab qoling. Ko'pchilik bolalarga ta'tib ko'rishni 15martta taklif qilgandagina, o'sha ovqatni sevib qolishadi.
3. Alternativa bering, ovqatni turlarini ayting, tanlash imkoni borligini his qilsin.
4. Ko'p bolalar aralash- quralash (kasha) bo'lib ketgan ovqatlarni yoqtirmaydilar, likopchada aniq ko'rinib mahsulotlarni yeyishni yoqtiradilar.
5. Ovqat pishirish jarayoniga bolangizni jalb qiling. Tayyorlashda u ham ishtirok etsin.
6. Ishtaxasi a'lo darajadagi, ovqatni sevib yeydigan bolalarnikiga mehmonga olib boring.
7. Har bitta yegan qoshig'i uchun maqtamang.
8. Qaysi mahsulotni yoqtirmasa, shularni foydasi haqidagi multik yoki ertak o'qib bering.( Buni foydasini sezganman, ish beradi 😊)
9. Yoshiga mos hajmda bering. Ularni oshqozonini hisobga olgan holda, chunki ko'p yeb yuborsa oshqozoniga og'irlik qilib qorni og'riydi. Hazm qilish sistemasida ortiqcha muammo paydo bo'ladi.
10. Yeyishga majburlamang. Qorni ochganini his qilsin. Chanqasa suv so'riydi-ku, ovqatga nisbatan ham xuddi shunday. Shirinlikni faqat desert sifatida ovqatdan so'ng bering.
Farzandingiz hamisha sog'lom bo'lib, ko'zingizni quvnatib yursin!