November 21, 2018

Tug'ruqdan so'ng qolgan qorindan qutulish yo'li.

Biz ayollar nozik hilqat bo'lishimiz bilan birga, juda kuchlimiz. Sababi, uy yumushlarini bajarish, farzand tug'ish, ishlab pul topishdan tashqari, o'z chiroyimiz va sog'lig'imiz haqida o'ylashga ham vaqt topamiz. Homiladorlik, tug'ruqdan keyingi davr va ko'p miqdorda uglevod iste'mol qilish oqibatida qorin chiqish kuzatiladi va hattoki osilib qoladi. Bu muammoga har bir xotin-qiz duch keladi. Bugungi suhbatimiz tug'ruqdan keyingi qorinni ketqazish haqida.

Yaqinda 2-farzandimni dunyoga keltirdimu, 3 kundan so’ng xb mato bilan bog'lab oldim. Chunki xalqimiz orasida shunday gap yuradi: “ Belingni( qorinni) bog'la, beling baquvvat bo’ladi”.

Bunga ba'zilar ishonadi, ba'zilar esa yo'q. Uzbaby.uz saytining yozishicha, buni foydasi bor ekan.

Birinchidan bel og'rimaydi, ikkinchidan qorin osilib qolmaydi.

Bu haqda aniq tadqiqot olib borilmagan bo'lsa ham, shifokorlar taqiqlashadi, chunki uzoq vaqt mobaynida belni bog'lab yursa, bel mushaklari bo'shashib qolishi va belbog' yechilganidan so'ng og'rishi mumkin ekan.

Darhaqiqat, ba'zida ota-bobolarimizdan qolgan odatlar minglab tadqiqotlardan ustunroq bo'la olarkan. Xususan, tuqqandan so'ng belni bog'lash haqidagi odat. Tuqqandan so'ng belni bog'lab yurish juda kerak ekan!

Tuqqandan so'ng ayol bachadoni 1-3 kun mobaynida keskin qisqarib undan ko'p miqdorda qon ajralishi kuzatiladi. Shu davr o'tgach, Ultra tovushli diagnostika bachadonda hech qanday qoldiq yo'qligini tasdiqlagach, bemalol qorinni bog'lab olish mumkin.

Qorinni har kuni, iloji bo'lsa tunda ham qattiq bog'lab olish kerak.

Bog'lov qattiq bo'z yoki cho'zilib ketmaydigan chitdan bo'lishi lozim. Razmeri bir choyshapchalik bo'ladi. Uni engli(20-25 sm) qilib taxlab belbog' shakliga keltirasiz. So'ng qalin tomonini qoringa qo'yib, bel tomondan bitta o'girib yana qoringa keltirib qattiq bo'glab olasiz.

Bog'lashni yotgan holda qilish kerak, shunda qorin ichiga kirib qattiq bog'lanadi.Bog'lovni kamida 40 kun chillada, iloji bo'lsa tuqqandan so'ng 6 oyga qadar tutib yurish kerak.

Boshida belbog' yechilganida bel bo'shashib qolgandek tuyuladi. Aslida bu tuqqandan so'ng bo'ladigan normal holat. Aynan shuning uchun ham belni uzoqroq vaqt mobaynida bog'lab yurish lozim. Bir necha oy o'tgandan so'ng bu holat o'z-o'zidan yo'qolib belbog' yechilganda ham bel mahkamligi sezilib turiladi.

Undan tashqari belni bog'lash tuqqandan so'ng osilib qolgan qorinni ham yo'q bo'lishiga yordam beradi. Ozg'in ayolda ham tuqqandan keyin qorni osilib qolishi mumkin. Buni hech qanday dieta yoki krem bilan ketqazib bo'lmaydi. Eng oson yo'l, bu qorinni bog'lab yurishdir. Agar siz ma'lum bir sabablarga ko'ra vaqtida bel(qorin)ingizni bog'lay olmagan bo'lsangiz hozir ham kech emas. Kamida yarim yil mobaynida qorningizni qattiq tortib bog'lab yuring. Natijasi shundoq ko'rinadi.

Chilla davrida belni qattiq bog'lash bachadon tezroq tozalanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

 Agar bog'langan holdagi yurishingiz erinizga yoqmasa, bir amallab ko'ndiring. Chunki 6 oy bog'lab yursangiz, keyin butun umr go'zal qorningiz bilan maqtana olasiz.

Ushbu maqsadda tug'ishdan so'ng tutiladigan bandajlar ham mavjud. Lekin oddiygina chit choyshabini qattiq bog'lab yurishdan bo'lgan samarasi bandajga ko'ra bir necha bor yuqoriroq bo'ladi.

Go'zal qaddi-qomat egasiga aylaning!

Manba: uzbaby.uz