August 18, 2020

Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

4. Belgilab qo‘yilsinki:
«Ipoteka bank» ATIB ustav kapitaliga kiritilayotgan ekvivalenti 50 million AQSh dollari miqdoridagi Jamg‘armaning valyuta mablag‘laridan zarurat bo‘lganda baliqchilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
tadbirkorlik sub'ektlariga ushbu bandda nazarda tutilgan mablag‘lar evaziga kreditlar tijorat foiz stavkasi bo‘yicha uning 50 foizini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensasiya qilgan holda beriladi;
«Ipoteka bank» ATIB keyingi 5 yil davomida belgilangan tartibda Jamg‘armaning ulushini har yilgi sof foyda hisobidan aksiyalarning bozor qiymatida, lekin nominal qiymatidan past bo‘lmagan qiymatda sotib oladi.
«Ipoteka bank» ATIB baliqchilik sohasini rivojlantirishni moliyalashtirish uchun taqdim etilgan loyihalarni chuqur tahlillar asosida rentabellik, samaradorlik va pul oqimlarining kredit hamda ular bo‘yicha foizlarni o‘z vaqtida qaytarishni ta'minlaydigan loyihalarning kreditlanishini amalga oshiradi.
5. Baliqchilik loyihalari hajmi va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat'i nazar tijorat banklari tomonidan 2019-2020 yillarda ajratilayotgan kredit foizi uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensasiya berishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
aylanma mablag‘larni to‘ldirishga (baliq chavoqlari, omuxta yem, mineral o‘g‘it va boshqalar) tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit stavkasining 25 foizi miqdorida;
naslli ona baliq va baliq uvildirig‘i, yopiq suv aylanma tizimi, qafas (sadok) qurilmalarida va boshqa intensiv usullarda baliq yetishtirishni tashkil etish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, inkubasiya sexlari va reproduktorlarni tashkil etish, hovuzlar qurish va qayta ta'mirlash, maxsus texnika va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish hamda barpo etish uchun tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit stavkasining 50 foizi miqdorida.
Tijorat banklari baliqchilik loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar mablag‘larini jalb etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rsin.

https://lex.uz/docs/4046069

Murojaat uchun: O’zbekiston Respublikasi “O’zbekbaliqsanoat uyushmasi” - http://www.uzbekbaliqsanoat.uz/

Menyuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation