Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda:
a) yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;
alkogol' mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol' mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi; v) qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;
g) 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi;
d) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi. 2020 yil 1 apreldan jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat'iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilinsin. 2020 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda:
tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi;
soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi. https://lex.uz/ru/docs/4770761