August 18, 2020

O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2019 yil 1 iyundan boshlab qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan milliy valyutadagi tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq kreditlar bo‘yicha 5 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismida qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensasiya qilish orqali mahalliy zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etilsin.
Moliya vazirligi zaruratga qarab, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga mazkur bandda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘laridan 2019-2020 yillarda 40 milliard so‘mgacha miqdorda mablag‘ ajratsin. https://lex.uz/docs/4344351

Menyuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation