Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
5. Parrandachilik loyihalari hajmi va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat'i nazar, tijorat banklari tomonidan 2019-2020 yillarda ajratilayotgan kreditlar foizi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensasiya berishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
-aylanma mablag‘larni to‘ldirishga (inkubasion tuxumlar, 1 kunlik jo‘ja, ozuqa mahsulotlari, dori-darmon hamda qo‘shimcha komponentlar va boshqalar) tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo kredit stavkasining 5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
-naslli ona tovuq va barcha turdagi texnologik asbob-uskunalar sotib olish, parrandachilik klasterlarini va inkubasiya sexlarini tashkil qilish, parranda mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, parrandachilikka ixtisoslashgan bino-inshootlarni qurish va qayta ta'mirlash, maxsus texnika va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish hamda barpo etish uchun tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan kredit stavkasining 50 foizi miqdorida, ammo kredit stavkasining 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.
Tijorat banklari parrandachilik loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar mablag‘larini jalb etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rsin.
Murojaat uchun: "Parrandasanoat" uyushmasi manzil va telefon raqamlari - https://yandex.uz/maps/org/48312004479/?ll=69.281576%2C41.303914&z=18
Telegram: https://t.me/uzbparranda
«O'zsanoatqurilishbank» ATB - https://uzpsb.uz/uz/