Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirishga oid loyihalarga:
AT Xalq banki tomonidan 2019-2020 yillarda xorijiy moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 75 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar;
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan 2020 yilda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida chorvachilik sohasi samaradorligi, daromadi va raqobatbardoshligini ta'minlash, shuningdek, mahsulotlarining xalqaro sifat standartlarini joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan «Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish» loyihasining 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4498-son qaroriga muvofiq 2020 yilda vakolatli banklar tomonidan «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida 291,6 milliard so‘m, «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi doirasida 75 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining daromadlar oshirib bajarilgan qismi hisobidan chorvachilik yo‘nalishida yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida 2019 yilda 2 milliard so‘m va 2020 yilda 5 milliard so‘m ajratsin. https://lex.uz/docs/4588387