Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida
2019-2020 yillarda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar soni va ularni amalga oshirish uchun talab etiladigan valyuta hajmidan qat'i nazar tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha foizlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berishning quyidagi tartibi qo‘llanilishi belgilangan:
-aylanma mablag‘larni to‘ldirishga (urug‘lik, ko‘chat, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, ko‘mir, ko‘mir briketi, suyuq va yoqilg‘ining boshqa turlari va hokazolarni xarid qilishga) ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tijorat banki tomonidan belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, biroq 5 foizli punktdan ortmagan darajada;
-energiyaning muqobil manbalaridan (ko‘mir, ko‘mir briketi, suyuq va yoqilg‘ining boshqa turlaridan), energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tijorat banki tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq 10 foizli punktdan ortmagan darajada.
Moliya vazirligi zamonaviy issiqxona komplekslarini tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha foizlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 2019-2020 yillar davomida o‘rnatilgan tartibda ajratadi.