August 18, 2020

Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

5. Pillachilik tarmog‘idagi loyihalarning qiymati, soni va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat'i nazar, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tutzorlar barpo qilish, ipak qurti urug‘ini sotib olish, pilla yetishtirish, shu jumladan pilla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va kasanachilarga bo‘nak berish, ular bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish, qurilish va rekonstruksiya ishlarini bajarish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019 — 2022 yillarda ajratiladigan bank kreditlari foiz xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari tomonidan belgilangan kredit stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kompensasiya taqdim etish tartibi o‘rnatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 — 2022 yillar davomida har yili 100 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni tegishli yilning 1 fevraliga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan kompensasiyalarni taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga o‘tkazib bersin.

https://lex.uz/docs/4091989?ONDATE=05.12.2018

Murojaat uchun: “O’zbekipaksanoat uyushmasi” - https://www.uzbekipaksanoat.uz/

Menyuga qaytish.