August 18, 2020

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Moliya vazirligining 2019 — 2021 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan avtomobil' transportida yuklarni xalqaro tashiydigan tadbirkorlik sub'ektlariga quyidagilarni berishni nazarda tutuvchi avtomobilda xalqaro yuk tashish uchun foydalaniladigan mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan katta hajmli yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda milliy tashuvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish:
tijorat banklarining jalb etiladigan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida, biroq 5 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 3 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kompensasiya berish;
tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 2 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafillik berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 — 2021 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga ushbu bandda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun zarur mablag‘larning bosqichma-bosqich ajratilishini ta'minlasin. https://lex.uz/docs/4368026

Menyuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation