August 18, 2020

Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida

Tijorat banklari alohida toifadagi tadbirkorlik sub'ektlariga:
aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun — uch oylik imtiyozli davr bilan 18 oygacha muddatga;
asbob-uskunalar va sarflash materiallari xarid qilish uchun — olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ushbu bandda nazarda tutilgan kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun kompensasiya hamda majburiyatlar ta'minoti yuzasidan kafillik berishni ta'minlasin.
Alohida toifalar:
1.Hisobot davrining yakuni bo‘yicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 30 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar ishlab chiqarish, ularga ortopedik protezlash, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini ta'mirlash xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik sub'ekti.
2.Hisobot davrining yakuni bo‘yicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga o‘quv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qo‘llagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik sub'ekti.
3.Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari yoki nogironligi bo‘lgan bolalari bo‘lgan yolg‘iz shaxslar, jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslar, odam savdosi qurbonlari, o‘qishni tugatgandan keyin 3 yil oshmagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilari, «Mehribonlik» uylarining 30 yoshga yetmagan bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik sub'ekti. https://lex.uz/docs/3778017

Murojaat uchun: O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi - http://old.mehnat.uz/cyrl/mintrud/functions/6

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi - https://soliq.uz/

O’zbekiston nogironlar jamiyatyi

https://nogironlarjamiyati.uz/

O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati

https://statsnet.co/companies/uz/67604#_contacts

Menuga qaytish.