August 19, 2020

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida

"2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabrigacha bo‘lgan davrda mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin:
-kichik tadbirkorlik sub'ektlari;
-bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar."
Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘xtatilsin.
"Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan quyidagi foiz xarajatlarini qoplashga kompensasiya berish tarzida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etilsin:
-tadbirkorlik sub'ektlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan investisiyaviy kreditlar bo‘yicha, Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilishining birinchi yili davomida;
-2020 yil 1 oktyabrga qadar tadbirkorlik sub'ektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun milliy valyutada 500 million so‘mgacha beriladigan kreditlar bo‘yicha Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilish muddati davomida 10 foizlik punkt miqdorida. https://lex.uz/docs/4815474"

Menyuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation