August 18, 2020

Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

"2020 yil 1 yanvardan boshlab:
-2023 yil 1 yanvarga qadar Milliy katalog va Reestrga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar' yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq to‘lov stavkasi 2 foiz miqdorida to‘lanadi;
-hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tishda to‘lanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida o‘rnatilsin;
-Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilinsin;
-ko‘rgazma zallari, galereyalar, pavil'onlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar, faoliyatini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarida yer uchastkalari ajratilishida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlik qo‘llanilsin."
"AT Xalq banki, «Mikrokreditbank» ATB va «Agrobank» ATB ushbu manbalar hisobidan «Hunarmand» uyushmasi a'zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeyi va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish, aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshmagan holda 18 oy muddatga, bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravaridan oshmagan miqdorda kreditlar ajratsin.
Bunda, «Hunarmand» uyushmasi a'zolariga tadbirkorlik loyihalariga tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshmagan holda ajratiladigan kreditlar foiz stavkalarining to‘rtdan bir qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berilsin. https://lex.uz/docs/4622088"

Menyuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation