August 18, 2020

Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Quyidagilarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilansin va unga muvofiq:
a) qishloq xo‘jaligi birlashmalari va ular a'zolarining 2019-2020 yillarda ko‘chatlar va sertifikatlangan urug‘larni hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash uskunalarini xarid qilish uchun tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banki tomonidan belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori bo‘lmagan, valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha 1,5 foizli punktdan yuqori bo‘lmagan miqdorda qoplanadi;
b) qishloq xo‘jaligi birlashmalaridan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib oluvchi eksportyorlarning tasdiqlangan biznes rejalarda nazarda tutilgan quyidagilar:
qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish;
qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi subsidiyalar taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hamda O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan, shuningdek, jalb etiladigan xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari, shu jumladan Jahon banki mablag‘lari hisobidan qoplanadi. https://lex.uz/docs/4242004

Murojaat uchun:

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi - https://statefund.uz/uz/

O’zbekiston Milliy Banki - https://nbu.uz/uz/small-business/fruit-credit/

Menuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation