August 18, 2020

Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

Kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi;
tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlariga, ayniqsa maishiy, ta'lim, tibbiy, axborot-kommunikasiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub'ektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi «Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4742-son qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari uchun «Har bir oila ― tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar ajratiladi. https://lex.uz/docs/4857409

Menyuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation