O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
" Belgilansinki:
a) yangi tashkil etiladigan bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari uchun 50 va undan yuqori ball bonitetiga ega bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
b) tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga quyidagilar uchun subsidiya ajratish orqali amalga oshiriladi:"
yuqorida ko‘rsatilgan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda.
maydoni 35 gektardan ziyod bog‘larda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda;
suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilansin.
v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kichik tadbirkorlik sub'ektlariga intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 5 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi mablag‘ga kafillik beradi. https://lex.uz/docs/4249824