Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investisiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2019 yil 1 iyuldan boshlab:
kredit summasi va valyuta turidan qat'iy nazar elektrotexnika sanoati tarmog‘i korxonalari tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat banklaridan olinadigan kreditlarning ekvivalenti 1 mln AQSh dollaridan oshmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, lekin kredit stavkasining 5 foizlik punktidan oshmagan miqdorda ikki yil mobaynida qoplanadi. https://lex.uz/docs/4360770