August 18, 2020

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish

2019 yil 1 avgustdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
-milliy valyutada, qiymati 10 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha — 5 foizli punkt miqdorida;
-xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 10 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensasiya beriladi;
-kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi;
v) mazkur qarorning 6-ilovasiga muvofiq samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4246-son «O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 7-bandining «b» va «v» kichik bandlarida nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari tatbiq etiladi. https://lex.uz/docs/4454761

Menyuga qaytish.

https://t.me/ykfoundation