April 5, 2025

"Iqtisodiyot va turizm" fakulteti                 " Buxgalteriya hisobi va statistika" kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2025 yilning 4-aprel kuni TTJda  "Kafedra kuni" tadbiri o`tkazildi.

Tadbirda talabalar bilan "Sport-sog`lik garovi" mavzusida suhbat, "Buxgalteriya hisobi va audit" fanidan olayotgan bilimlarini sinash maqsadida Zakovat o`yini tashkil etildi. Shu bilan birga, tadbir davomida davra suhbatlari , sport o`yinlari o'tkazildi, talabalar TTJda faoliyat yuritayotgan kutubxonadagi yangi adabiyotlarning qisqacha taqdimoti va kichik tikuv sexidagi sharoitlar bilan tanishtirildi. Tadbir yuqori saviyada, taasurotlarga boy va ko'tarinki ruhda tashkil qilindi.