
Tadbirda talabalar bilan "Sport-sog`lik garovi" mavzusida suhbat, "Buxgalteriya hisobi va audit" fanidan olayotgan bilimlarini sinash maqsadida Zakovat o`yini tashkil etildi. Shu bilan birga, tadbir davomida davra suhbatlari , sport o`yinlari o'tkazildi, talabalar TTJda faoliyat yuritayotgan kutubxonadagi yangi adabiyotlarning qisqacha taqdimoti va kichik tikuv sexidagi sharoitlar bilan tanishtirildi. Tadbir yuqori saviyada, taasurotlarga boy va ko'tarinki ruhda tashkil qilindi.

2024-yil 18-noyabr kuni O`zbekiston Bayrog`i kuni munosabati bilan Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyida Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi 2- bosqich magistrantlari (Raqamli iqtisodiyot) Anvarova Zarrina va Djurayeva Ruxsoralar tomonidan " Bayrog`im - iftixorim" nomli adabiy-badiiy tadbir o`tkazildi.

Joriy yilning 11-noyabr kuni Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi 70310501 – Raqamli iqtisodiyot (qishki) yo'nalishi magistranti Anvarova Zarrina Saidovna tomonidan 2-bino 504-xonada 3-3IQT-24 Rus guruhida Iqtisodiyot nazariyasi fanidan "Конкуренция и ценооброзование" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.