Joriy yilning 13-may kuni "Iqtisodiyot va turizm" fakulteti "Buxgalteriya hisobi va statistika" kafedrasi o`qituvchisi Z.S.Anvarova tomonidan "Statistika" fanidan 3-1ММТ-23 guruh talabalarini amaliy dars jarayonini "Buxoro viloyat statistika boshqarmasi"
da sayyor dars asosida tashkil qilindi.
Sayyor dars davomida talabalarga Buxoro viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat statistika boshqarmasi ish faoliyati, statistik hisobotlar haqida ma`lumotlar berildi.
Sayyor dars so`ngida talabalar viloyat statistika boshqarmasi xodimlaridan o`zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.