"Iqtisodiyot va turizm"fakulteti "Buxgalteriya hisobi va statistika" kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2025-yilning 17-sentyabr kuni TTJda "Kafedra kuni" tadbiri o`tkazildi.
Tadbirda talabalar bilan "Sport-sog`lik garovi", “Ayollar va qizlar o‘rtasida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish ” mavzularida suhbat tashkil etildi. Shu bilan birga, tadbir davomida davra suhbatlari , sport o`yinlari o'tkazildi, talabalar TTJda faoliyat yuritayotgan kutubxonadagi yangi adabiyotlarning qisqacha taqdimoti va kichik tikuv sexidagi sharoitlar bilan tanishtirildi. Tadbir yuqori saviyada, taasurotlarga boy va ko'tarinki ruhda tashkil qilindi.