November 13, 2024

Magistrlarning qizg`in amaliyot jarayonidan...

Joriy yilning 11-noyabr kuni Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi 70310501 – Raqamli iqtisodiyot (qishki) yo'nalishi magistranti Anvarova Zarrina Saidovna tomonidan 2-bino 504-xonada 3-3IQT-24 Rus
guruhida Iqtisodiyot nazariyasi fanidan "Конкуренция и ценооброзование" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

Zamonaviy dars o'tish maqsadida yangi pedagogiy metodikalardan foydalanildi. Ochiq dars fan o'qituvchisi Tairova M.M hamda kafedraning professor-oʻqituvchilaridan Gʻiyosova N.B, Bakayeva M.A., Qosimova H, Turdiyeva M.U., Navro`z-zoda Z.B. lar tomonidan tahlil qilinib, a`lo baholandi.

Avval o'tilgan mavzu yuzasidan atama va terminlar bo’yicha “Aqliy hujum” metodidan foydalanib musoboqa shaklida olib borildi. Yangi mavzu bayoni o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga batafsil yoritib berildi. Dars davomida barcha o'quvchilar faol qatnashishdi. O'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to'laqonli javob berildi.

So'ng barcha talabalarga yangi mavzuni mustahkamlash uchun o'qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan uch xil turdagi topshiriqlar: qiziqarli keys vaziyat savollari , yashirin atamalar va testlar tarqatildi .
Magistrantning dars tahlili shuni ko'rsatdiki, ochiq dars davomida o'qituvchi mavzuni tushuntirish bo'yicha o'z maqsadiga erishdi.