"Iqtisodiyot va turizm" fakulteti "Buxgalteriya hisobi va statistika" kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2025-yilning 7-may kuni TTJda "Kafedra kuni" tadbiri o`tkazildi.
Tadbirda talabalar bilan “Ayollar va qizlar o‘rtasida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish ” hamda “Sport-sog‘liq garovi” mavzularida suhbat, viktarinalar,“Kafedra kubogi” mini futbol sport musoboqasi tashkil etildi.Shu bilan birga, tadbir davomida davra suhbatlari, sport o`yinlari o`tkazildi, talabalar TTJda faoliyat yuritayotgan kompyuter bilan jixozlangan xona faoliyati bilan tanishtirildi, kichik tikuv sexi faoliyati misolida ayollar va qizlar tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish o`rgatildi, viktarina ishtirokchilari sovg`alar bilan taqdirlandi.Tadbir yuqori saviyada, taasurotlarga boy va ko`tarinki ruhda tashkil qilindi.