Joriy yilning 20-may kuni "Iqtisodiyot va turizm" fakulteti "Buxgalteriya hisobi va statistika" kafedrasi o`qituvchilari Z.S.Anvarova tomonidan "Ekonometrika"fanidan 9-3 IQTS RUS-23 guruhi va Sh.B.Malikova tomonidan"Buxgalteriya hisobi"fanidan9-5 IQTSIM23
talabalarini amaliy dars jarayonini "Kamalak shabnam teks" MChJda sayyor dars asosida tashkil qilindi.
Amaliy darsda talabalar tashkilotning real ish jarayonlari bilan tanishtirildi, tashkilot tuzilmasi, bo`limlar faoliyati va ularning o`zaro aloqalari haqida malakaga ega bo`lishdi, hujjatlar bilan ishlash, hisobotlar tayyorlash, muloqot madaniyati, jamoada ishlash, vaqtni boshqarish jarayonlarini guvohi bo`lishdi.
Amaliy dars talabalarda kelajak biznesi haqida motivatsiyani shakllantirdi va talabalar o`zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.