“HUNARMAND PORTRETI” MAVZUSIDA OCHIQ DARS BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 10-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasida rangtasvir fanidan “HUNARMAND PORTRETI” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Mazkur ochiq dars kafedra dotsenti Shomurodov Oybek Norqulovich tomonidan 1-juftlik 13:00 da 12-1RT-24 guruh talabalari bilan olib borildi. Dars jarayonida talabalar portret ishlashning nazariy va amaliy jihatlari, kompozitsiya tuzish, inson qiyofasini tasvirlash hamda ranglar uyg‘unligini yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Ochiq dars davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanildi hamda interfaol usullar asosida mashg‘ulot tashkil etildi. Ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar tomonidan dars yuqori saviyada o‘tkazilgani alohida ta’kidlandi.