“Kompozitsiyada ijodiy jarayon mohiyati” mavzusida ochiq dars .
2026-yil 14- aprel kuni 1-smena 1-juftlik (8:30) da Buxoro davlat universiteti Sport va san’at fakulteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrasi o'qituvchisi Sulaymonova Muxiba Boltayevna tomonidan 12-1AS(AT)-25 guruh talabalari bilan Rangshunoslik va kompozitsiya fanidan “Kompozitsiyada ijodiy jarayon mohiyati” mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Darsda ilmiy terminlarga xos bo'lgan jihatlarga alohida e'tibor qaratildi. Dars mobaynida o’qituvchi tomonidan turli-xil metodlardan foydalangan holda taqdimotlar bilan o’tkazildi. Dars jarayonida o’qituvchi kompozitsiya yaratishda shakl, chiziq, rang, yorug‘lik va soya kabi tasviriy vositalar hamda rassomlarni haqida rassomning g‘oyasi, fikri va his-tuyg‘ularini tomoshabinga yetkazishda asosiy vositalardan biri hisoblanishini darsida aytib o’tildi. Mavzuga doir turli video materiallardan unumli foydalanilgan holda mavzu yoritib berildi.