October 8, 2025
Navbatdagi “Ma’rifat soati”.
2025-yilning 7-oktabr kuni San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirogida "Muomala madaniyati - xodimning ma'naviy qiyofasi" mavzusida navbatdagi “Ma’rifat soati” o'tkazildi. Ushbu mavzu bo'yicha kafedra mudiri S.S. Abdullayev kirish so'zi bilan ochib berdi. Kafedra o'qituvchilari bugungi kunda yoshlarda muomala madaniyati, o'zaro hurmatni shakllantirish, kafedrada hozirgi sog'lom muhit hamda mavjud qadriyatlar, an’analarni doimiy ravishda saqlab qolish va davom ettirish lozimligi haqida fikr-mulohazalar hamda ibratli misollar asosida aytib o’tildi.