May 1, 2025

Navbatdagi to'garak faoliyati

San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviiy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti M.B.Azimova tomonidan 2025-yil 30-aprel kuni “Matolar jilosi” nomli toʻgarakning navbatdagi mashgʻuloti oʻtkazildi. To’garak mashg’ulotlarini interfaol usullardan foydalanib olib borish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Talabalar mashg’ulotda erkin fikrlay olishi, ijodkorlik mahoratini oshkora namoyish eta olishi lozim. To’garakda talabalar o'quv darslaridan keyingi bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. To’garak mashg’ulotlari talabalar o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi. Mashg’ulot davomida dars o’qitish bilan birga talabalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi. Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. To’garak talabalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda talabalarning birorbir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi. O’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi.