“Oila obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi”, “Oila - Ma’naviyat beshigi” mavzusida o’tkazilgan ma’rifat soati
2025-yil 13-may kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti "Tasviriy va amaliy san'at kafedrasida "15-may Xalqaro oila kuni" mavuzsida "Ma'rifat" soati o'tkazildi.
Oilada shirin-shirin orzular og‘ushida, qalblarga quvonch olib farzand dunyoga keladi. O‘g‘ildir, qizdir Alloh bergan ulug‘ ne'matdir. Qiz bola ulg‘ayar ekan uning ilk o‘ynaydigan o‘yinchog‘i, ovunchog‘i — qo‘g‘irchoqdir. Bolalar birga o‘ynashar ekan ularning biri ota, biri esa ona, o‘yinchoqlar esa farzandlari bo‘lib o‘ynashadi. Balkim, shundandir, oila to‘g‘risidagi tushuncha bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. O‘zbek xalqi shuning uchun ham oilani muqaddas deb biladi. Haqiqatdan ham, boshqa xalq turmush tarzini kuzatar ekanmiz, bizdagi oilaga bo‘lgan mehr-muhabbat, fidoyilik, oilaning muqaddasligini his qilish, farzand tarbiyasiga bo‘lgan munosabat, oilalardagi totuvlik, sabr-toqat, qanoatlilik, insof-diyonat kabi ijobiy fazilatlar faqatgina o‘zbek xalqiga, o‘zbek oilalariga mosdek tuyuladi kishiga. Haqiqatdan ham mana shunday azizlar! Bizga mana shunday tuyg‘ularni ota-bobolarimiz me'ros qoldirishgan. Ulardagi shunday tuyg‘ular bizning qon-qonimizga singib ketgan.
Darhaqiqat, oila jamiyatning bir bo‘lagidir. Mustahkam oila — mustahkam jamiyatdir. Oilani bir ulkan daraxtga o‘xshatsak, uning baquvvat tanasi va ildizi sifatida albatta ota va onani qiyoslaymiz. Shunday daraxtning shoxlari ham sog‘lom va ko‘rkam bo‘ladi. Ildiz va tana ota-ona ekan, bunday sog‘lom tana va ildizdan albatta sog‘lom shoxlar, yani sog‘lom farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan ota-ona o‘zaro inoq, tarbiyali, bir-birini hurmat qiladigan, bir-birini tushunadigan bo‘lsalar, bunday oilada oqila qizlar va yetuk yigitlar voyaga yetishib chiqsa ajablanmagan bo‘lardik.