“Interyerda rang va yorug‘lik” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.
2026-yil 13- aprel kuni Buxoro davlat universiteti Sport va san’at fakulteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrasida v.b. dotsent Kadirova Nozima Arifovnaning ochiq darsi tashkil etildi. Mazkur ochiq dars 12-1Dizayn-24 guruh talabalari ishtirokida “Materialshunoslik” fanidan “Interyerda rang va yorug‘lik” mavzusida olib borildi. Dars 2-juftlikda (soat 14:20–15:50) 320-xonada o‘tkazildi.
Ochiq darsning asosiy maqsadi talabalarda interyer muhitida rang va yorug‘likning estetik hamda funksional ahamiyati to‘g‘risida tizimli bilimlarni shakllantirish, ularning o‘zaro uyg‘unligi va kompozitsion yechimlarini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan asoslab berishdan iborat bo‘ldi. Dars jarayonida rangshunoslik va yorug‘lik dizayni bo‘yicha nazariy tushunchalar interfaol metodlar orqali yoritildi hamda amaliy misollar asosida mustahkamlandi. Talabalar interyer makonida rang va yorug‘likning psixologik ta’siri, vizual qabul qilinishi hamda funksional rolini tahlil qilishga jalb etildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanildi. Bu esa talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Ochiq dars ilmiy-metodik jihatdan puxta tashkil etilgan bo‘lib, unda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga to‘liq erishildi. Mazkur ochiq dars talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda interyer dizayni yo‘nalishida chuqur bilim hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Dars yuqori ilmiy va metodik saviyada o‘tkazildi.