May 15, 2025

“YOSH IJODKORLAR” TO`GARAGINING NAVBATDAGI MASHG'ULOTI.

2025- yil 14-may kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti o'quv ustaxonasida “YOSH IJODKORLAR”to'garagida "Uy ro`zg’or buyumi (sopol ko’zani) tayyorlash va naqqoshlikda bezatish" mavzusidagi mashg'uloti otkazildi. Bu mavzuni o’zlashtirish orqali talabalar kulolchilik dastgohida ishlashni va loy xomashyosini ishga tayyorlash jarayonlarini o’zlashtirib oladilar. Shu bilan birga buyum yuzasiga naqsh solish uchun kompozitsiya tuzishni ham o’rganadilar. Bu kungi mashg’ulot talaba yoshlar uchun qiziqarli o’tdi va talabalar turli ijodiy kompozitsiyalar bajardilar. Mashg’ulotni to’garak rahbari, Tasviriy va amaliy bezak san'ati kafedrasi dotsenti, O’zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a’zosi Sh.Sh. Bakayev tomonidan o’tkazildi.