Пост 08.10.2025
2025-yil 30-sentabr kuni San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi professor- o'qituvchilari ishtirokida "Yoshlarning ma'naviy qiyofasi: axloq-odob va kiyinish madaniyati" mavzusidagi navbatdagi ma'rifat soati o'tkazildi. Ma'rifat soatida mazkur masala yuzasidan p.f.f.d. (PhD).,dotsent G.R.Ostonovaning ma’ruzasi tinglandi: Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi. Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.