AJDODLAR ME’ROSI YOSH AVLOD NIGOHIDA.
2026-yilining 10-mart sanasida Buxoro davlat universiteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti Bakayev Shodijon Shokirovich tomonidan 12-1RT-24 (rangtasvir) yo’nalishi 2-kurs talabalariga “Amaliy san’at turlari” fanidan sayyor dars tashkil qilib o’tkazildi.
Sayyor dars Buxoro amirligi davrida qurilgan yozgi “Moxixossa” yozgi saroyida bolib o’tdi. Dars davomida talabalar amaliy san’at turlari bo’yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlab, vizual ko’rib tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Yozgi saroyda amaliy san’atni ganch o’ymakorligi, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, kashtachilik, zardo’zlik, mis kаndаkorlik, kulolchilik vа boshqа sаn’аt turlaridа bаjаrilgаn ijod nаmunаlаri bilаn tаnishdilаr.Talaba yoshlar san’at asarlari insonlarga ma’naviy ozuqa olishning asosiy omillaridan biri ekanligiga ishonch hosil qilib qaytdilar.