October 14, 2025

Tasviriy va amaliy san'at kafedrasida navbatdagi ma'rifat soati.

Bugun Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Tasviriy va amaliy san'at kafedrasi professor-o'qituvchilar bilan "Til - millat va ma'naviyat asosi " mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi. Ma'rifat soatida fakultet dekani p.f.f.d.(PhD) professor S.S.Azimov kirish so'zi bilan ochib berdi: 1989-yil 21-oktyabr Aynan shu kunda oʻzbek tilining haqiqiy jozibasini anglashni boshlashga imkoniyat berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻzbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Oʻzbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan soʻng barcha davlat hujjatlari oʻzbek tilida yuritila boshlandi. 1993-yil 2-sentyabrda “Lotin tiliga asoslangan oʻzbek alifbosini tuzish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingandan soʻng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib oʻrin egallashiga yoʻl ochdi. Shu oʻrinda statistik maʼlumotlarga eʼtibor qaratsak: dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo'lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ular orasida oʻzbek tili borligi uning naqadar sof, mukammal va jozibadorligining yorqin dalilidir.

Kafedra mudiri dotsent S.S.Abdullayev tomonidan Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning “Ona tilimiz –milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog’idir" deb takidlagan ma`ruzalarini tashviqot qilib, tarixan, ota-bobolarimiz ona tilini asrab-avaylashgan va rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan. Buyuk mutafakkirlar – A.Navoiy, Z.M.Bobur va boshqalar o’zbek tilining boyligi va imkoniyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan namoyon etgan. O’zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bo’lib, bizning bebaho boyligimiz haqida ma`ruza o`qidi.

Shu sababli, ona tilimizni hurmat qilish, uni asrab-avaylash, boyitish va avlodlarga yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir. Til millatning tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini aks ettiruvchi eng ulug’ boylikdir.