April 15

Talabalar ijodi namoyon bo‘lgan ochiq dars

Talabalar ijodi namoyon bo‘lgan ochiq dars

2026-yil 10-aprel kuni, 2-smena 1-juftlik (soat 13:00 da), ochiq dars Sport va san’at fakulteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi o‘qituvchisi Rafiyeva Nargiza Abdurazzakovna tomonidan olib borildi. Dars 12-1AS(AT)-24 guruh talabalari ishtirokida “Ashyolarda ishlash” fanidan “Xolstda murakkab kompozitsiya bajarish” mavzusida o‘tkazildi.

Dars jarayonida talabalar murakkab kompozitsiya yaratish bosqichlari, tasviriy ifoda vositalari hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar. Ochiq dars yuqori saviyada tashkil etilib, belgilangan maqsadlarga erishildi.